Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Huquqiy axborot» kanalida aytilishicha, qaror bilan 2019 yil 1 apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.
Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Bunda litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.
Yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha:
• shaharda avtobuslarda;
• shaharda mikroavtobuslarda;
• shaharda yengil avtomobillarda;
• shahar atrofida avtobuslarda;
• shahar atrofida mikroavtobuslarda;
• shahar atrofida yengil avtomobillarda;
• shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda;
• shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda;
• shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda;
• xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda;
• xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda;
• xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda.
Yuklarni tashishda:
• avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida;
• avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha;
• avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi - O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchi va yuklarni tashishga oid litsenziya berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi