11 dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan O‘zbekiston hududi bezgak kasalligidan holi mamlakat sifatida tan olindi. Bu haqda BMT rasmiy sayti xabar bermoqda.
Noyabr oyida O‘zbekiston bezgak kasalligidan xoli hudud sertifikatini olish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga murojaat qilgan.
JSST statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan buyon O‘zbekiston hududida bezgak kasalligi kuzatilmagan. Jahon fondi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonga bezgak kasalligining oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirishga ko‘mak bergan. Natijada 2018 yilda kasallik butunlay bartaraf qilingan.
Jahon fondining ijrochi direktori Piter Sendsning aytishicha, Markaziy Osiyoda bezgakka qarshi kurashish jarayonlarida katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Jamg‘arma bezgakka qarshi kurashish uchun 10 yildan ortiq investitsiya kiritgan.
JSSTning 2018 yil bezgak kasalliklari bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab infeksiyaning tarqalish darajasi ortib borgan. Hisobotda keltirilishicha, 2016 yilga qadar infeksiyaning tarqalish darajasi past ko‘rsatkichlarda qayd etilgan bo‘lsa, 2017 yilda 217 milliondan 219 milliongacha oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi