19:44 / 17.12.2018
4 394

18 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

18 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 dekabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lishi (yomg‘ir qorga aylanishi) mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l zonalarida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir qorga aylanishi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir qorga aylanishi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 18 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?