date

Toshkentda “Prezident archasi” tantanalari boshlandi

Toshkentda “Prezident archasi” tantanalari boshlandi

Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida 29 dekabr kuni “Prezident archasi” tantanalari boshlandi. O‘zA xabariga ko‘ra, bayramga shahardagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan, serfarzand oilalarning o‘g‘il-qizlari taklif etildi.

“Archa atrofiga jam bo‘lgan bolalarga turli ertak va multfilmlar qahramonlari hamroh bo‘lib, birgalikda Qorbobo va Qorqizni davraga chorlaydi. Qorboboyu Qorqiz, ayiqchayu tulkicha, Zumrad va Qimmat, Nasriddin Afandi kabi sevimli qahramonlar bilan bayram yanada zavqqa to‘ladi”, – deyiladi O‘zA xabarida.

Estrada ijrochilari va sirk ustalari ishtirokidagi musiqiy dastur, rang-barang raqslar, bolalarning zehnini charxlovchi turli o‘yinlar, tez aytishlaru topishmoqlar bayramga yanada jo‘shqinlik bag‘ishlaydi. Topqir, zehnli va ziyrak o‘g‘il-qizlarga Qorbobo o‘yinchoqlar, kitoblar, shirinliklar sovg‘a qiladi.

Archa atrofidagi tomoshalardan so‘ng bolalar zalga taklif etildi. Ular uchun «Tomosha» bolalar studiyasi tomonidan tayyorlangan «Mo‘’jizalar kitobi» teatrlashtirilgan dasturi namoyish etildi. Shundan so‘ng, bolalarga O‘zbekiston Prezidentining Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

O‘zAning qayd etishicha, bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda “Prezident archasi” tantanalari boshlandi