16:14 / 27.12.2018
3 152

O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning 39,4 foizi qarindoshlarini ko‘rgani kelgan

O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning 39,4 foizi qarindoshlarini ko‘rgani kelgan
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolarning 39,4 foizi o‘z yaqinlari va do‘stlarini ko‘rish uchun tashrif buyurgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi elchixonasi matbuot xabarnomasida aytiladi.

Respondentlarning ikkinchi eng katta qismi 33,6%ni tashkil qiladi, ular O‘zbekistonga ta’til, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish maqsadida kelgan. Keyingi o‘rinda - biznes va professional maqsadda O‘zbekistonga kelgan respondentlar guruhi (9,1%). Respondentlarning 5,7%i davolanish va salomatlikni tiklash maqsadida tashrif buyurganini ta’kidlab o‘tdi, yana 5,4% - xaridlarni amalga oshirish uchun.

Tashrifning asosiy maqsadi do‘stlar va qarindoshlarni ko‘rish bo‘lgani haqida ma’lumot bergan respondentlarning aksariyat qismi qo‘shni davlat fuqarolari sanaladi: Qozog‘iston - 26,6%, Tojikiston - 20,2%, Qirg‘iziston - 19,2%, Turkmaniston - 16,1%. Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bu nuqtai nazardan respondentlarning katta qismini tashkil etadi - 15,1%. Umuman olganda, yuqorida ko‘rsatilgan davlatlar fuqarolari respondentlarning 97 foizidan ziyodni tashkil qiladi, ular do‘stlari va qarindoshlarini ko‘rish uchun O‘zbekistonga kelgan.

Ta’til, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish maqsadida kelgan respondentlar orasida eng katta qismni Qozog‘iston fuqarolari - 17,2%, Rossiya Federatsiyasi - 10,4%, Qirg‘iziston - 8,5%, Xitoy - 7,7%, Turkmaniston - 6,8% Fransiya - 5,9%, Tojikiston - 5,8%, Hindiston (5,7%) va Italiya (4,9%) tashkil etadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, chet ellik fuqarolarning aksariyati O‘zbekistonga bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun keladi. Xususan, respondentlarning - Gonkong fuqarolari - ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, ta’til hamda dam olish uchun tashrif buyurishgan. Avstraliyalik respondentlarga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 89,4%ni tashkil etadi, Niderlandiya - 87,1%, Italiya - 86,3%, Fransiya - 85,1%, Buyuk Britaniya - 84,9%, Germaniya - 80,2%, AQSh - 78,2%, Xitoy - 75% va Janubiy Koreya - 70,3%.

Diniy joylar va ziyoratgohlarga tashrif buyurish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘rovlar natijalari ham mavjud. O‘zbekistonga ziyorat-turizm yo‘nalishi bo‘yicha kelgan respondentlarning asosiy qismi - Turkmaniston fuqarolari (33,9%).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga kelgan xorijliklarning 39,4 foizi qarindoshlarini ko‘rgani kelgan