8 593
Oʻzbekiston Yak-130 harbiy samolyotlarini sotib olish boʻyicha muzokaralar boshladi
Oʻzbekiston Rossiyadan Yak-130 rusumli oʻquv-jangovar samolyotlarni sotib olish boʻyicha muzokaralar boshladi. Bu haqda “Kommersantʼ” gazetasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Oʻzbekiston ham Yak-130ʻga qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi”, - deya taʼkidlaydi nashr.
Soʻnggi yillarda Yak-130ʻni Bangladesh, Myanma, Belarus va hatto Laos sotib olgan (2018 yil dekabrda u yerga toʻrtta shunday mashina yetkazib berildi).
Yak-130 - ikki oʻrinli oʻquv-jangovar samolyot boʻlib, zamonaviy harbiy aviatsiya, jumladan, manyovr qilishga kuchli qiruvchi samolyotlar uchuvchilarini tayyorlash uchun moʻljallangan. Qanotli mashinaning dasturlashtiriladigan boshqaruv tizimi kursantlar parvozga tayyorlanadigan samolyot turining oʻziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishga imkon beradi.
Yak-130ʻda oʻzgartiriluvchi va erkin tushuvchi aviabombalar, boshqarilmaydigan raketalar va osma konteynerlardagi 23 mm.lik GSH-23L aviatsiya zambaraklari joylashtirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi