Oʻzbekistondan Rossiyaga qoʻl yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berildi

Oʻzbekistondan Rossiyaga qoʻl yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berildi
Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan qoʻl yuki va yuklarda umumiy ogʻirligi 5 kilogrammdan koʻp boʻlmagan meva va sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 5 martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan yoʻlovchilarga qoʻl yuki va yuklarda umumiy ogʻirligi 5 kilogrammdan ortiq boʻlmagan miqdorda sarxil meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar va yongʻoqlar olib kirishga ruxsat berilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ruxsat Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspeksiyasi kafolati ostida berilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar