
Foto: “Sputniknews-uz.com”
Oʻzbekiston 2018 yilda Rossiyaning oʻnta Mi-35M vertolyoti boʻyicha shartnoma imzolagan, deb xabar bermoqda “Kommersantʼ”. Yaqin vaqt ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha komissiya majlisini oʻtkazadi, unda 2018 yilda qurol-yarogʻ eksporti boʻyicha rasmiy natijalar eʼlon qilinadi.
Natijalar kutilganidan yaxshiroq boʻlgan: Rossiya chet elga 15 milliard dollarlik qurol-yarogʻ va harbiy texnika yetkazib berdi, 20 milliard dollardan ziyod qiymatdagi yangi shartnomalar imzolandi, bu eng katta koʻrsatkichlardan biri.
Mi-35M vertolyotlarini qoʻshni Qozogʻiston ham sotib oladi - 2018 yilda Ostona (hozirgi Nur-Sulton) Moskva bilan sakkizta Su-30SM qiruvchi samolyoti, toʻrtta Mi-35M vertolyoti va “Buk-M2E” zenit raketa tizimi divizionini xarid qilish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Markaziy bank hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar importini oshirdi. 2018 yilda mamlakatda 0,7 million dollarlik qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, ularning qismlarini sotib oldi. Bu raqamlar ichida Mi-35M vertolyotlari bor yoki yoʻq ekani - nomaʼlum. 2017 yilda Rossiya Oʻzbekistonga 12ta Mi-35 vertolyoti yetkazib berishi maʼlum boʻlgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar