Respublika Gidrometeorologiya markazi 6 - 9 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 aprelda 5-10 daraja, 7-9 aprelda 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 6 aprelda 23-28 daraja, 7-9 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 6 va 9 aprelda 17-22 daraja iliq, 7-8 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 6 aprelda 23-28 daraja issiq bo‘ladi, 7-9 aprelda 18-23 daraja issiqqacha asta-sekin pasayadi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 6 aprelda 25-30 daraja, 7 aprelda 27-32 daraja issiq bo‘ladi, 8-9 aprelda 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, 7 aprelda 7-12 daraja, kunduzi 6 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 7-9 aprelda 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 6 va 9 aprelda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 7-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6-8 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 aprelda 0-5 daraja, 8-9 aprelda 3-8 daraja, kunduzi 6-8 aprelda 13-18 daraja, 9 aprelda 7-12 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi