2 419
Prezident farmoni: O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi 10 yil muddatga soliqlardan ozod qilindi
O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 24 martida ustav kapitali 10 mln dollar bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.
Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘zbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi.
Farmonga muvofiq, Kompaniya va uning ta’sischilari 10 yil muddatga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi