O‘zbekistonda kuz fasli boshida ob-havo odatda quruq va kam bulutli bo‘ladi. Tunlari havo salqinlashadi, ertalab esa tetiklik baxsh etadi, kunduzi deyarli yozdagidek isib ketishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bu yil kuz noodatiy boshlandi. Sentyabrning birinchi kuniyoq respublika ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, harorat 25-28 darajagacha tushib ketdi. Bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan haroratdan 3-5 darajaga pastdir. Keyinchalik Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havoning kirib turishi sababli harorat shunday saqlanib turdi.
Yangi hafta avvalida, dushanba kuni ob-havo keskin o‘zgaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha tushadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kamroq, harorat ham biroz — 20-25 darajagacha pasayadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sentyabr oyi va ayniqsa uning birinchi yarmida haroratning bunday keskin pasayishi uzoq davom etmaydi. Seshanbadan boshlab yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yana bir kunga cho‘zilishi mumkin. Tungi va ertalabki soatlarda ancha salqin — harorat 8-11 daraja bo‘ladi, kunduzgi harorat ko‘tarilib boradi, lekin shunga qaramasdan iqlimiy me’yorlardan past bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi