Foto: O‘zA. Paskal Loro, Izabel Servoz-Galluchchi xonim va Sodiq Safoyev
Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi birinchi siyosiy va iqtisodiy hamkorlaridan hisoblanadi. Bu haqda joriy yil 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda Fransiya Yevropa va tashqi ishlar vazirining Markaziy Osiyoda iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha maxsus vakili Paskal Loro ishtirokida Toshkentda o‘tkazilgan muzokarada so‘z borgan.
Oliy Majlis Senati matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, 2018 yil oktyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochgan. Ayni paytda mazkur kelishuvlar doirasida moliyaviy-texnik ko‘mak vositalari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasiga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Senatda o‘tgan uchrashuvda Fransiyaning yurtimizdagi yangi elchisi Izabel Servoz-Galluchchi xonim ham qatnashgan.
Elchixona matbuot xizmatiga ko‘ra, Fransiyaning iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha yuqori martabali vakili Paskal Loro O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan fransuz kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashib, hamkorlikdagi loyihalarni muhokama qilgan.
BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hamda Yevropa ittifoqining asoschilaridan biri sifatida Fransiya O‘zbekiston tashqi siyosatida muhim hamkor bo‘lib kelgan.
Ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalar qatori parlamentarizm sohasida ham robitalar kengaymoqda. Oliy Majlis Senatida parlamentlararo hamkorlik guruhi, Qonunchilik palatasida O‘zbekiston – Fransiya do‘stlik guruhi tashkil etilgan. Ayni choqda, Fransiya Senatida Fransiya – Markaziy Osiyo parlamentlararo guruhi, Milliy assambleyada esa Fransiya – Markaziy Osiyo do‘stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
S.Salim
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi