Qashqadaryolik qiz elektr quvvati bilan olma qurtini zararsizlantirish yo‘lini topdi

Qarshi davlat universiteti qoshidagi 2-akademik lisey bitiruvchisi Mohigul Shukurova kam kuchlanishli elektr quvvati yuborish orqali olma qurtini zararsizlantirish hamda oddiy to‘rdan yasalgan tutqich-moslama bilan hasharotlarga qarshi kurashish yo‘lini topdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, mazkur ilmiy tadqiqot olmazorlarda sinab ko‘rilgan va yuqori hosil olishda qo‘l kelishi aniqlangan. “Mutaxassislar va bog‘bonlar ham bu usulga yuqori baho berishmoqda”, – deb yozadi gazeta.
Bitiruvchi topgan yo‘lga ko‘ra, olma qurti rivojlanish davrida oddiy akkumulyator yordamida zararsizlantiriladi. Daraxtning yuqori va o‘rta qismiga joylashtiriladigan sim tutqichlar qurtning g‘umbakka kirishi uchun sharoit yaratib, undan paydo bo‘lgan kapalaklar urug‘ qo‘yish davrida to‘rdan chiqib keta olmaydi.
“Aytish kerakki, viloyatda, xususan, tog‘ va tog‘oldi hududlarda ko‘p tarqalgan bunday hasharotlar hosildorlikka jiddiy xavf tug‘diradi. Olimlar tomonidan ushbu zararkunandadan himoyalanishning bir qator kimyoviy va biologik yo‘llari aniqlangan. E’tiborlisi, yangi usul turli kimyoviy preparatlarga nisbatan arzon hamda atrof-muhit uchun zararsizdir”, — deydi Qarshi davlat universitetining biologiya kafedrasi dosenti, loyiha ilmiy maslahatchisi Jo‘ra Berdiev.
Foto: ekobarqaror.muloqot.uz / kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing