O‘zbekistonliklar umr davomiyligi o‘sishi bo‘yicha rekord natijalarni o‘rnatmoqda. Bu haqda 16 oktyabr kuni o‘tkazilgan "Aholi muammolarini hal etishda mahalla institutining roli: O‘zbekiston tajribasi" mavzusidagi matbuot anjumanida xabar qilindi.
Ta’kidlanishicha, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan olamshumul ishlarning natijasi o‘laroq, O‘zbekistonda aholining turmush sifati yaxshilandi, farovonligi oshdi. Bu esa o‘rtacha umr davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan, erkaklarda 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarda 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratdi.
Bugun mamlakatda aholining turmush darajasini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar – kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarning barchasi mahallaning bevosita ishtiroki orqali amalga oshirilmoqda, deya ta’kidlandi tadbirda.
Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda "Sog‘lom va omadli keksalik" konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani aytildi. Konsepsiya keksa yoshdagi kishilarda sog‘lom hayot tarzi va salomatlikni asrash uchun shaxsiy mas’uliyat hissini tarbiyalash orqali ularning umr davomiyligini uzaytirishga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin