4 114
Qashqadaryoda deputat bo‘lolmagan nomzod unga berilgan ovozlar soxtalashtirilganini aytmoqda
Qarshi tumanidan deputatlikka nomzodi qo‘yilgan, ammo ko‘p ovoz to‘plasada deputat etib saylanmagan Farog‘at Mirzayeva unga berilgan ovozlar soxtalashtirilganidan shikoyat qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tumanida ovozlarni sanash jarayonida ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilgan. 22 dekabrda o‘tkazilgan saylov yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzish vaqtida ruchka bilan to‘ldirilishi kerak bo‘lgan bayonnomalar qalam bilan to‘ldirilib, keyin esa ovozlar sonini ko‘paytirish va kamaytirish holatlari kuzatilgan.
– Men «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzodimni ko‘rsatgan edim,- deydi Farog‘at Mirzayeva.
– 22 dekabr kuni 2 ta saylov uchastkasida men va partiyalardan ko‘rsatilgan boshqa nomzodlarga ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Kuzatuvchilarning aytishicha, 184-saylov uchastkasida eng ko‘p 497 ta ovoz olib birinchi bo‘ldim. Ovozlar sanalib qayd etildi. 185-saylov uchastkasida esa 157 ta ovoz berildi. Lekin ovozlarni sanash jarayonida bu ko‘rsatkichlar bayonnomaga qalam bilan yozilib, tuman saylov uchastkasiga olib borilganda o‘zgartirildi. Bunga yetarlicha asoslarim bor, hattoki bayyonomalar qalam bilan belgilanib tasdiqlandi. Bunday ko‘zbo‘yamachilikni kimga keragi bor? Nega ovozlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holatni hech kim o‘rganmaydi?
Farog‘at Mirzayevaga ko‘ra, saylov uchastkalari a’zolariga ovozlarni qalam bilan belgilashni Tuman hokimligi buyurgan. Aytilishicha, hokimiyatda ishlovchi Shuhrat Haydarov ismli yigit tuman saylov komissiyasiga topshiriq bergan.
- Hokimiyatning saylovga aralashishga, ovozlarni soxtalashtirishga nima haqqi bor, – deydi Farog‘at Mirzayeva. Ular deputatlarni oldindan aniqlasa, biz saylovda ishtirok etib beradigan qo‘g‘irchoqmizmi?
Farog‘at Mirzayevaning ta’kidlashicha, tuman saylov komissiyasi tuman hokimligidan topshiriq olib, 184 va 185-saylov uchactkalari raislariga turli talablarni qo‘ygan. Unga ko‘ra, saylov natijalari bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar faqatgina qalam bilan belgilanishi aytilgan. Yakuniy natijaga ko‘ra ruchka bilan belgilangan bayyonomalar qabul qilinmagan.
“Nasafnews” Farog‘at Mirzayevaning murojaati yuzasidan Qarshi tuman hokimligi bilan bog‘landi. Hokimlik saylovga aralashmaganini aytib, yuqoridagi vajlarni rad etdi.
Hokimlik saylovga aralashmagan bo‘lsa, ovozlarni bayonnomaga qalam bilan belgilab tasdiqlashni saylov uchatkasiga kim buyurdi?
Bu qonunbuzarliklar haqqoniy tarzda o‘rganib chiqilishi, ularga adolatli, qonuniy baho berilishi kerak.
Qashqadaryo viloyati saylov komissiyasidan mazkur holat bo‘yicha tayinli izoh kutamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi