«Sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil oldin qabul qilingan bo‘lib, hozirgi davr talablariga mutlaqo javob bermaydi».
Shu boisdan, prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha, qator kodekslarni yangi tahrirda qabul qilish lozim.
«Parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarni yangidan qabul qilishi maqsadga muvofiq», – dedi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida.
Prezidentga ko‘ra, bu borada avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg‘or standartlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratish kerak.
«Qonunchilikni yangilashdan maqsad faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonunlar ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida bosh qotirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim», – deb qo‘shimcha qildi Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi