Bugun respublika hududiga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali harakatlanayotgan «Janubiy Kaspiy sikloni» kirmoqda, natijada Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilmoqda.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kun davomida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir kechga borib yog‘ishi kutilmoqda.
Qolgan joylarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Harorat 12-17 daraja atrofida bo‘lib, shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.
Shanba kuni mamlakatning markaziy qismidagina (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha) yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8-13 darajagacha pasayadi va me’yorga yaqinlashadi.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi