09:13 / 21.06.2020
3 765

"O‘zbekiston yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi tezkor va aniq choralarni ko‘rmoqda"

"O‘zbekiston yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi tezkor va aniq choralarni ko‘rmoqda"
Yaponiyaning Yokogama shahar universiteti intensiv klinikasi davolash bo‘limi rahbari Takagi Shyunsuke O‘zbekistonda Sovid-19ga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralarni samarali, deb e’tirof etdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

—Ayni paytda Yaponiya yangi koronavirus yuqtirish xavfini keltirib chiqaradigan muhit bartaraf qilishga harakat qilmoqda,— dedi u. —Jumladan, shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun joylar sonini ko‘paytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Mamlakatda intensiv reanimatsiya va terapiya uchun joylar soni har 100 ming kishiga 5 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich AQSH va Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha past.

O‘zbekistonda ham Sovid-19ga qarshi samarali,tezkor va aniq choralar ko‘rilayotganidan xabardormiz. Ammo uzoq muddatli karantin tadbirlarini davom ettirishni qiyin vazifa, deb o‘ylayman. Shuning uchun virusga chalinganlarni qabul qiladigan va ularga malakali yordam ko‘rsatadigan tibbiy markazlar faoliyatini kuchaytirish kerak.

Koronavirus tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, biz jamiyat, ta’lim va tibbiyotning yangi tizimini yaratishimiz darkor. Xususan, Yaponiyada tibbiy konferensiyalar va masofaviy tibbiy konsultatsiyalarni joriy etish kabi tibbiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yaponiya intensiv tibbiy terapiya jamiyati, Yaponiya shoshilinch tibbiy yordam assotsiatsiyasi, Yaponiya nafas olish tibbiyoti jamiyati bilan birgalikda koronavirusning og‘ir simptomi bilan kasallanganlar uchun Sovid-19 ishonch telefoni— «ECMOnet» markazi tashkil qildi.

Bugungi kunda markaz koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni qutqarishda yuqori samaradorlikni namoyish etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "O‘zbekiston yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi tezkor va aniq choralarni ko‘rmoqda"