Buxoro shahar, Qizilqum ko‘chasida yashovchi Gulnoza B. (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 9 may Buxoro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida «Telegram» messenjerida «Ipoteka_Bank_ATIB_(official)» botga o‘zining plastik kartasi uchun mikrokredit rasmiylashtirish uchun murojaat qilganidan so‘ng bot avtomat ravishda uning savollariga javob berish bilan bir qatorda, Gulnoza B.ning plastik karta raqamlari, maxsus kodi hamda ushbu plastik kartani boshqaradigan mobil aloqa operatori raqamlari va qo‘shimcha maxsus kodlarni avtomat ravishda aniqlab olganligini, ushbu plastik karta hisobidagi 3 627 500 so‘m pul hamda ushbu plastik karta uchun 1 600 000 so‘m miqdoridagi kreditni rasmiylashtirib, jami 5 227 500 so‘m miqdoridagi pullar o‘g‘irlab olinganini bildirgan va mazkur shaxsni aniqlab, pullari qaytarilishida va qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘ragan.
IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, ariza yuzasidan olib borilgan tezkor-texnik tekshiruvlar va tuzoq dasturlari natijasida:
Pul mablag‘lari 1999 yilda tug‘ilgan, Guliston davlat universiteti talabasi, Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi Jasur O.ga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) aloqador bo‘lgan virtual hisob raqamlarga kelib tushganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi Jasur O. o‘zining sodir qilgan jinoyatini yashirish maqsadida, qo‘lga kiritilgan pullarni konvertatsiya ilovalaridan foydalangan holda Qozog‘iston Respublikasining turli raqamlariga ro‘yxatga olingan «Qiwi» hamyonlariga elektron valyutani ayriboshlovchilar yordamida jo‘natganligi, shundan so‘ng ushbu pullarni 1Xbet, Melbet bukmeykerlikka asoslangan faoliyatlar orqali O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kiritib, boshqa bir qator operatsiyalar bilan o‘g‘irlangan pullarni o‘zining virtual hisob raqamlari orqali naqdlashtirib olgan.
Jasur O.ning barcha hisob raqamlari tekshirib ko‘rilib, u bilan surishtiruv jarayonida, unga Respublikaning turli hududlaridan ko‘plab fuqarolar murojaat qilganligi, taxminan jami bo‘lib 30 millionga yaqin pullarni fuqarolarning plastik kartalaridan o‘g‘irlab olganligi, barcha harakatlarni mobil telefoni orqali amalga oshirib kelganligini bildirdi.
Jasur O.ning 1 dona qo‘l telefoni hamda 4 dona plastik kartasi daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olinib, to‘plangan hujjatlar Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhiga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”