11:18 / 18.07.2020
2 022

Qabul–2020: Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,2 millionga yaqinlashdi

Qabul–2020: Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,2 millionga yaqinlashdi
2020 yil 17 iyul holatiga respublika bo‘yicha jami 1 million 193 ming 169 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar — 482 011 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:
kunduzgi — 673 450 nafar;
sirtqi — 493 296 nafar;
kechki — 26 423 nafar.

Hududlar miqyosida:
1. Toshkent shahri — 322 253 nafar;
2. Samarqand viloyati — 113 237 nafar;
3. Farg‘ona viloyati — 93 698 nafar;
4. Andijon viloyati — 89 762 nafar;
5. Qashqadaryo viloyati — 78 851 nafar;
6. Surxondaryo viloyati — 73 648 nafar;
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 66 295 nafar;
8. Namangan viloyati — 58 947 nafar;
9. Toshkent viloyati — 62 891 nafar;
10. Jizzax viloyati — 57 473 nafar;
11. Buxoro viloyati — 52 021 nafar;
12. Xorazm viloyati — 47 149 nafar;
13. Navoiy viloyati — 37 550 nafar;
14. Sirdaryo viloyati — 34 098 nafar.

Tillar kesimida:
o‘zbek tilida — 1 046 442 nafar (87,8 foiz)
rus tilida — 109 554 nafar (9,2 foiz)
qoraqalpoq tilida — 34 629 nafar (2,8 foiz)
boshqa tillarda — 2 544 (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:
· Samarqand davlat universiteti — 61 587 nafar
· Andijon davlat universiteti — 49 008 nafar;
· Qarshi davlat universiteti — 46 957 nafar;
· Namangan davlat universiteti — 42 916 nafar;
· Toshkent davlat pedagogika universiteti — 42 426 nafar.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qabul–2020: Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,2 millionga yaqinlashdi