2 426
O‘zbekiston tomonidan yuborilgan 25 tonnalik gumanitar yordam Pokistonga yetkazildi
O‘zbekiston prezidenti nomidan yuborilgan 25 tonnalik gumanitar yordam Pokistonga yetkazildi. Tibbiy niqob, oyoq himoya vositalari, pirometrlar, kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, magniy sulfat, natriy xlorid, novokain kabi dorilar mavjud zaxiralar hisobidan yetkazib berilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan insonparvarlik yordami Pokiston Islom Respublikasiga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari shaklidagi yuk Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mamlakat Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Islomobodga olib borildi.
Tibbiy niqob, oyoq himoya vositalari, pirometrlar, kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, magniy sulfat, natriy xlorid, novokain kabi dorilar mavjud zaxiralar hisobidan yetkazib berilgan. Mahalliy korxonalar himoya ko‘zoynagi, tibbiy qo‘lqop, respirator va antiseptik vositalar taqdim etgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston ko‘rsatgan ko‘mak Pokiston jamoatchiligi tomonidan iliq qarshi olindi va ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi