3 198
Yana 168 kishida koronavirus aniqlandi, toshkentlik va yangiyo‘llik bemor vafot etdi
SSV ma’lum qilishicha, 2020 yil 7 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 225 (+168) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli S.M. (ayol), Yangiyo‘l tumanida yashagan 54 yoshli B.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 491 nafar, Toshkent viloyatida 169 nafar, Buxoro viloyatida 40 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar, Sirdaryo viloyatida 19 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar hamda Xorazm viloyatida 8 nafar, jami 793 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 20 380 (+793) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 662 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi