11:20 / 13.08.2020
4 889

O‘zbekistonda 15 avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi (ro‘yxat)

O‘zbekistonda 15 avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi (ro‘yxat)
Foto:Daryo.uz
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi.
Xususan, 15 avgustdan boshlab avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temir yo‘l qatnoviga, xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatiga, 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat beriladi. 17 avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi, masjidlar qayta ochiladi. 20 avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushadi.

Shu bilan birga, quyidagi karantin cheklovlari 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlab qolinadi:
  • fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi. Bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘riladi;
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
  • davlat organlari, tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;
  • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari, to‘yxonalar faoliyati) va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;
  • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati;
  • umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’ektlari bundan mustasno);
  • tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
  • yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.

Davlat organlari va muassasalarining binolari, shu jumladan, xizmat xonalari mavjud sharoitlardan kelib chiqib, havoni zararsizlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 15 avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi (ro‘yxat)