Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali O‘zbekistonda 2020 yil 1 sentabrdan boshlab kuchga kiradigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.
1. Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshiriladi va quyidagicha belgilanadi:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 262 470 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiyalar – 513 350 so‘m;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 513 350 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 315 030 so‘m.
2. Xorazm viloyati va Toshkent shahri o‘rtasidagi eksport qatnovlarda eksport qiluvchilarga temir yo‘l yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.
3. Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi.
Foto: «Huquqiy axborot»
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 million so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming AQSH dollari).
Shuningdek, 100 million so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyuta O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSH dollari).
4. Davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi.
5. Barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi.
Foto: «Huquqiy axborot»
- auksionda shaxsini identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;
- davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;
- savdolarda mavjud bo‘lgan lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.
6. Chegara bojxona postlarida «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi joriy etiladi va buning natijasida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni eksportda 5 barobarga va importda 2 barobarga qisqartirishga erishiladi.
7. Ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun bo‘ladi.
Foto: «Huquqiy axborot»
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish yuzasidan quyidagi tartibotlar kuchga kiradi:
- fuqarolarning doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi (amalda 10 kun);
- doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish 1 kun ichida amalga oshiriladi (amalda 3 kun);
- O‘zbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
- O‘zbekiston fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
- harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinadi;
- O‘zbekiston fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi.
8. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali «yagona darcha» tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.
9. Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot OTMlarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.
10. Davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, O‘zbekiston norezidentlari ham qatnashishi mumkin bo‘lgan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. Soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.
12. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi.
Foto: «Huquqiy axborot»
Nizomga muvofiq, soliq qarzi quyidagi hollarda undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi:
- yuridik shaxs tugatilganda — yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni bo‘lmaganligi sababli uning Soliq kodeksining 91-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolganda;
- yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda — qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi (uning qismi) uzilmay qolganda;
- jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’lon qilinganda — uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan, meros davlat mulkiga o‘tgan taqdirda, uning soliq qarzi Soliq kodeksining 94-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolganda;
- vafot etgan jismoniy shaxsning merosxo‘ri bo‘lmaganda yoki merosxo‘r (merosxo‘rlar) meros olish huquqidan voz kechganda;
- soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati o‘tishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yo‘qotganligi to‘g‘risida sud tomonidan qaror qabul qilinganda, shu jumladan, sud tomonidan soliq qarzini undirish to‘g‘risida ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda;
- chet el yuridik shaxs soliq organidan hisobdan chiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan to‘lash imkonsizligi sababli soliq qarzi to‘lanmaganda.
13. Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida «Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi» fakulteti tashkil etiladi.
14. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat beriladi.
Quyidagi tartib joriy etiladi:
- ko‘chma sirklar tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish talab etilmaydi, bunda tadbir o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlari kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi;
- ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari mazkur tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirilmagan holda ta’minlaydi;
- davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar tomonidan tomosha tadbirlari o‘tkazish uchun ijara va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi;
- o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini (dorboz, askiya, lapar) asrash va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatidan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”