14:32 / 04.09.2020
2 282

O‘zbekistonda 2020 yilning o‘tgan sakkiz oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020 yilning o‘tgan sakkiz oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning 1 yanvaridan 1 sentabriga qadar mamlakatda qancha chaqaloq tug‘ilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda 2020 yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida 541 072 bola tug‘ilganligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning birinchi kunida 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. Bu so‘nggi uch yildagi eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanib, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilning 1 yanvar kuni esa 1708 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi. Avvalroq 2020 yilning 1 yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2020 yilning o‘tgan sakkiz oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi