22:32 / 23.10.2020
1 982

AKT vaziri Xitoy elchisi bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

AKT vaziri Xitoy elchisi bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
23 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Shuhrat Sodiqov va XXRning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan honim o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sh. Sodiqov ta’kidlaganidek, davlatlarimiz o‘rtasida turli iqtisodiy sohalarda hamkorlik olib borilib, jumladan AKT sohasida tajriba almashilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida elektron hukumat, axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT ta’lim va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarining joriy holati va istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Onlayn muloqot davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AKT vaziri Xitoy elchisi bilan onlayn muloqot o‘tkazdi