Shu kunlarda maktablarda uchta ta’til o‘rniga uzaytirilgan qishki ta’tilning joriy etilayotgani, birinchi va so‘nggi qo‘ng‘iroq kunlarining o‘zgarayotgani yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati mazkur taklif Xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilmaganligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, maktab ta’tillarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar avval ham bildirilgan. Biroq amaldagi davlat ta’lim standartlari o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyati va psixologiyasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqilgani bois ular qabul qilinmagan. Uzluksiz 4-5 oy davomida ta’lim olish, ya’ni qaysidir ta’tilni bekor qilish evaziga boshqasining uzaytirilishi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning ta’til vaqtlari, dars mashg‘ulotlari davomiyligi amaldagi sanitariya me’yorlari asosida Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq belgilangan. Ta’til vaqtlarini o‘zgartirish bo‘yicha bildirilayotgan takliflarga javoban maktabni isitishdan ko‘ra sovitishga ko‘proq energiya resurslari talab etilishi ma’lum qilindi.
Joriy yilda 27 dekabr sanasi yakshanba kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli ikkinchi chorakning so‘nggi o‘qish kuni, ya’ni qishki ta’til boshlang‘ich sinflarda 25 dekabr (juma), yuqori sinflarga 26 dekabr (shanba) kunidan boshlanadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi