15:15 / 28.12.2020
5 508

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
Bu hafta O‘zbekistonning barcha hududlari Sibir antisikloni periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bo‘lgan keng hududini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu antisiklon periferiyasi Qozog‘iston orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo‘yicha sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Mamlakatda Sibir va shimoliy Qozog‘iston hududlaridagi kabi sovuq kutilmaydi, lekin hafta davomida me’yordan 4-7 darajaga past bo‘lgan harorat saqlanib turadi.

«Yakshanba, 27 dekabr kuni yog‘ib o‘tgan qor bu yilgi so‘nggi qor edi», - deyiladi «O‘zgidromet» ma’lumotida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi