16:56 / 03.05.2021
1 917

O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan salqin tushib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan salqin tushib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 3 may kuni 30-35 daraja, janubda 37-38 daraja bo‘lgan asosan kam bulutli va issiq ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

4 may, seshanba kuni osmonni bulutlar qoplaydi, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

5 may, chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi boshlanadi. 5 mayda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 6 mayda respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

4—6 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

7 may, juma kuni momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida saqlanib turadi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechasi 12-17 darajani, kunduzi 25-30 darajani tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan salqin tushib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda