14:20 / 24.05.2021
2 827

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmi juda issiq bo‘ladi


O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismi 24 may kuni baland siklon ta’siri ostida bo‘ladi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, momaqaldiroq paytida shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 29-34 daraja atrofida bo‘ladi.

25 mayda baland siklon ta’siri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26 maydan O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘pyillik qiymatlardan 5-8 darajaga ko‘p.

Xabarda alohida qayd etilishicha, 24—27 may kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmi juda issiq bo‘ladi