Toshkentdagi «Chilonzor» metro bekati yaqinida avtobus yonib ketdi


Toshkent shahridagi «Chilonzor» metro bekati yaqinida avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolari xabar berdi, deya yozadi "Daryo" nashri.
Qayd etilishicha, avtobus orqasidagi motor joylashgan qismi 1 dekabr kechasi yonib ketgan. Jabrlanganlar bor-yo‘qligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot berilmagan. Yonib ketgan avtobus qaysi yo‘nalishda harakatlangani ham hozircha noma’lum.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…