22:30 / 26.07.2021
3 013

Prezident qarori: tibbiy yordam sifati yanada yaxshilanadi


Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, shoshilinch tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish hisobiga fuqarolar hayotini saqlab qolish va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga imkoniyat yaratish, bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash hamda nefrologiya va gemodializ yordamini ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash maqsadida:
2021-2022 yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:
  • «oltin soat» tamoyili asosida qo‘shma shikastlanishlar hamda o‘tkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
  • o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini ko‘rsatish;
  • Markazlarga biriktirilgan tuman (shahar)lar aholisiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Markazlarga:
  • hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik bo‘limlarining umumiy o‘rinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha o‘rinlar ajratiladi;
  • hududiy sog‘liqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qo‘shimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
Markazlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4887-son qaroriga muvofiq:
  • 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni «A» vitamini bilan;
  • 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan;
  • homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan;
  • 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident qarori: tibbiy yordam sifati yanada yaxshilanadi