16:11 / 09.11.2021
3 283

Farg‘onada quturish kasalligi aniqlangani holati bo‘yicha ma’lumot berildi

Farg‘onada quturish kasalligi aniqlangani holati bo‘yicha ma’lumot berildi
Oltiariq tumanida qayd etilgan quturish kasalligi bo‘yicha tarqalgan xabarlar xususida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Oltiariq tumani, «Azimobod» MFY, Obod Diyor ko‘chasi, 15-uyda yashovchi fuqaro Hamroaliyev Azizbek 2021-yil 25-sentabr kuni Azimobod veterinariya uchastkasi mudiri T.Qirg‘izboyevga telefon orqali murojaat qilib, 1 bosh sigiri bozordan 13 kun avval sotib olinganini bildirib, ishtahasi yo‘qligi, noxush holatdaligi haqida xabar bergan. Uchastka mudiri T. Qirg‘izboyev kasallangan hayvonni veterinariya ko‘rigidan o‘tkazganda quturish kasalligiga xos klinik belgilar qayd etilgan.

Ushbu qoramoldan olingan namunalar viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi virusologiya bo‘limida tekshirilganda (28-sentabr 2021-yil №2850 sonli ekspertizasi) quturish kasalligi tasdiqlanib, yakuniy tekshirish xulosasini olish uchun 1 oy bioprobaga qo‘yilgan.

Oltiariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga quturish kasalligiga qarshi kompleks veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Quturish kasalligining kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri «Azimobod» MFY cho‘l hududidagi yovvoyi fauna mavjudligi, ya’ni yovvoyi hayvonlar yoki kemiruvchilar borligi kasallik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Ushbu hudud tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan alohida nazoratga olinib hozirda aholi qaramog‘idagi chorva hayvonlari klinik ko‘rikdan o‘tkazilib, profilaktik veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur hududda quturish kasalligiga qarshi 53 bosh it Biokan-R vaksinasi bilan emlandi, 12 bosh daydi qarovsiz itlar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ovlandi.

Xonadon egasi Hamroaliyev A. va turmush o‘rtog‘i Hamroaliyeva N. kasal hayvon bilan kontaktda bo‘lgani uchun tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi tomonidan meditsina muolajasi olgan va ularning umumiy holati yaxshi.

Boshqa aloqada bo‘lgan shaxslar aniqlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg‘onada quturish kasalligi aniqlangani holati bo‘yicha ma’lumot berildi