
«O‘zgidromet» kelayotgan dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 5-10° iliqgacha isiydi.
Dam olish kunlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antisiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati ko‘tariladi. Ertaga kechasi 1-6° sovuq, kunduz kuni 8-13° iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat 2° sovuq-3° iliqgacha, kunduz kuni 14-17° iliqgacha ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 