date
views 2 614

Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham dekret pulini davlat kafolatlaydi

Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham dekret pulini davlat kafolatlaydi
Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish vazifasini qoʻydi.
Mamlakatimizda har yili oʻrtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli boʻlgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.

«Ochiq aytish kerak, ayni paytda byudjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini toʻliq toʻlab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham, afsuski bor», dedi Prezident.

Shu bois, 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli toʻlab beradigan tizim yaratiladi.

Endi, ularga ham 4 oyga 2 million soʻm miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi toʻlab beriladi.
Bu maqsadlar uchun, byudjetdan 2022 yilda 200 milliard soʻm, 2023 yilda esa 1,7 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham dekret pulini davlat kafolatlaydi