
"Roma" klubi hujumchisi Temmi Abraxam qanday qilib "Chelsi"dan "Roma" safiga qo‘shilgani haqida gapirib berdi. Bunga asosiy sababchi Joze Mourino bo‘lgan.
"Men Joze aytgan birinchi so‘zlarni hech qachon unutmayman. U menga shunday degandi: "Sen yomg‘irli Angliyada qolishni istaysanmi yoki Rimda quyosh taftidan bahra olishnimi?". Biz o‘zaro suhbatlashib, miriqib kulgandik.
Joze menining "Roma"ga kelishimda katta rol o‘ynadi. Men Mourinoni Italiyadagi amakim deb bilaman", - deydi Temmi Abraxam. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar