Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "Olimpik" (1:5) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Bunaqangi o‘yin, bunaqa natija uchun birinchi navbatda muxlislardan uzr so‘raymiz. Men o‘zim ham tushunolmay qoldim, yigitlarda bugun hech narsa o‘xshamadi. "Neftchi" bilan o‘yinning ertasigayoq "Olimpik" bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rishga kirishgandik. Hech qaysi futbolchimizning o‘yini chiqmadi. Jamoa yutsa, demak, hamma yutadi. Mag‘lubiyat uchun murabbiy aybdor. Lekin biz bugun butun jamoa yutqazdik. "Olimpik"ni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman.
- "Bunyodkor"ning ayni paytdagi natijalari murabbiyning iste’fosiga sabab bo‘ladigan darajada emas. Nima deb o‘ylaysiz, muxlislar tomonidan sizning iste’fongiz talab qilinishi to‘g‘rimi?
- O‘zingiz aytib turibsiz, jamoaning natijalari yomon emas. Birgina mag‘lubiyat uchun shunday harakatni amalga oshirgan bo‘lsalar, bilmadim, ochig‘i, e’tibor qaratganim yo‘q. Jamoa bosh murabbiyini ishdan olish muxlislarning ishi emas. Takror aytaman, "Bunyodkor"ning haqiqiy muxlislaridan uzr so‘rayman. Men va’da berganman, biz avvalgi "Bunyodkor"ni qaytarish harakatidamiz.
- Muxlislar orasida ularni sizga qarshi yo‘naltirib turgan shaxslar bor deb o‘ylaysizmi?
- Iltimos, bunday provakatsion savol bermanglar. Jurnalist madaniyatga rioya qilgan xolda savol berishi lozim. Bu kabi savolarga javob berishni istamayman, futbol haqida so‘ranglar, bemalol javob beraman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi