Superliganing 6-turi doirasidan o‘rin olgan "Paxtakor" - AGMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqida
- Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan OCHLdan qaytib kelganimizdan 3-4 kun o‘tgach, maydonga tushish qiyin. Shunga qaramasdan, o‘yinni yaxshi ruhda boshladik. To‘pni o‘zimizda nazorat qildik. Raqib jamoa esa bir ochko qo‘lga kiritish uchun tashrif buyurgani sezilib qoldi. Ular himoyaviy o‘yin namoyish etishdi. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bu borada ishlashimiz kerak. Menimcha, uchrashuv hakami bugungi o‘yinga mos saviyada emasdi. Penalti bilan bog‘liq vaziyatda ham o‘yinni yuqoridan tomosha qilgan yordamchim penalti bo‘lgani haqida gapirdi, lekin hali o‘zim ko‘rib chiqmadim. O‘z navbatida, barchani Ramazon Hayiti bilan tabriklayman. Bayram bo‘lishiga qaramay, sizlar bugun ham ishdasizlar, buni hurmat qilaman.
- Hakamlik borasida murojaat bilan chiqiladimi?
- Birinchi navbatda, o‘yinni ko‘rib chiqishimiz kerak. Agar biz o‘ylagan holatlar kuzatilsa, tegishli tashkilotga murojaat qilamiz. Lekin men natija uchun jazavaga tushib dod-voy qiladigan murabbiy emasman. Ilk navbatda, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz lozim. Dastavval o‘z xatolarimizni tahlil qilamiz, so‘ngra boshqa vaziyatlarni ko‘zdan kechiramiz.
- Ayni paytda "Paxtakor"ning asosiy muammosi nimada?
- Hozirda vaziyatlardan unumli foydalanish borasida muammolarimiz talaygina. Masalan, OCHLda Erkinovda bir qancha imkoniyatlar yuzaga kelib, undan foydalana olmagandi. U endigina 20 yoshni qarshi oldi, ehtimol, 25 ga kirganda, ko‘zi yumuq holda ham vaziyatlardan foydalanishi mumkin. Lekin kerakli darajaga chiqquncha kutishga to‘g‘ri keladi.
- O‘zbekistondagi shu kungacha bo‘lgan faoliyatingiz davomida eng kuchsiz nuqta sifatida hujumchilarni ko‘rsata olasizmi?
- Goleador hujumchilarni shakllantirish uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblanadi. Agar xorijdan jalb etish kerak bo‘lsa, yuqori saviyali hujumchi olib kelish kerak. Shundagina mahalliy yoshlar undan o‘rnak olgan holda o‘yin jihatdan o‘sib borishi mumkin. Biroq yetarli saviyadagi legioner bo‘lmasa, undan nimadir o‘rganish qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas