1 135
Belarus. Husanovdan debyut gol, Abdixoliqovdan xet-trik - hamyurtlarimiz uchun 6-tur qanday o‘tdi?
Belarus chempionati 6-turida juda ko‘p qiziq voqealar yuz berdi. Jumladan, bizning hamyurtlar bilan ham. Gapni esa biroz g‘amginroq xabardan boshlaylik. Shahboz Umarov yana BATEning qaydnomasiga kiritilmadi, bu odatga aylanib borayotgani achinarli. Usiz borisovliklar chempionatda ilk bor ochko yo‘qotishdi. Minskning “Dinamo”siga qarshi “klasiko” 2:2 hisobida yakunlandi. Aynan shu durang BATEga ta’qibchilardan yanada qochib ketish imkoniyatini bermadi. Bundan tashqari, “Shaxter” (oxirgi ikki mavsum chempioni), o‘z o‘yinida g‘alaba qozondi va oradagi farqni 9 ochkodan 7 tagacha qisqartirdi. “Dinamo” ham uzoqda emas – to‘rt ochko. Asosiy kurash hali oldinda.
Hozirgi vaziyatda BATEga eng yaqin klub oliy liganing eng “o‘zbekcha” klubi – “Energetik-BGU” hisoblanadi. “Talabalar” “sariq-ko‘klar”dan bitta g‘alaba masofasida turishibdi. O‘tgan turda “Isloch”ga yutqazib qo‘ygan Anatoliy Yurevich jamoasi safarda “Neman”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etib, yana g‘alabali yo‘lga qaytib oldi.
Uchrashuvdagi barcha gol (nafaqat “talabalar”ning gollari)da biznikilar faol ishtirok etishdi. Bobir Abdixoliqov 3 ta gol urib, ushbu mamlakatdagi eng yorqin o‘yinini o‘tkazdi.
Dastlabki gol o‘yin startida qayd etildi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Bobir chap oyog‘ida o‘ziga o‘nglab, shu harakatining o‘zida darvozabonni chalg‘itishga erishdi. Keyin esa bo‘sh darvozani ortiqcha qiyinchiliksiz nishonga oldi.
Ikkinchi gol – qaytgan to‘pga hammadan chaqqonroq yetib borish natijasi. Abduqodir Husanov jarpima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi, “Neman” posboni Artur Maliyevskiy to‘pni qaytardi, lekin qaytgan to‘pga Bobir hammadan oldin yetib keldi.
Uchinchi gol o‘yin so‘ngida ro‘y berdi. Abdixoliqov Andrey Vasilevning sustkashligidan foydalandi va to‘pni undan olib qo‘yib, darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Qayd etish lozim, bu vaziyat yuz berayotganda hujumchimizning qo‘lida sardorlik bog‘ichi bor edi. Bu hamyurtimizning Yurevich jamoasida yaxshigina “avtoritet”ga egaligi belgisidir.
Forvard uchun ushbu xet-trik Belarus chempionati ushbu mavsumidagi birinchisi bo‘ldi. Endi Abdixoliqov hisobida sakkizta gol va uchta golli uzatma mavjud. Uzatmalar to‘rtta bo‘lishi ham mumkin edi. Biroq Grodnodagi o‘yin epizodlaridan birida Roman Papariga uning ajoyib uzatmasidan unumli foydalana olmadi.
Usiz ham Bobir to‘purarlar poygasida raqiblarini to‘rtta golga ortda qoldirmoqda. Darvoqe, uning oltinchi turdan keyingi 8+3 natijasi –“Shaxter”ning gambiyalik forvardi Dembo Darboning aynan shu vaqtdagi ko‘rsatgichi bilan bir xil. Afrikalik futbolchi chempionat yakunida 19 ta gol urib eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi. Abdixoliqov bu natijani takrorlay olarmikin?
Uchrashuvning ikkinchi yulduzi Abduqodir Husanov bo‘ldi. Yarim himoyachi markazda ishonchli o‘yin o‘tkazdi, to‘p bilan ko‘p muomalada bo‘ldi va kerakli pallada boshqa zonalarda paydo bo‘ldi. Ikki assistdan tashqari (Abdixoliqovga uchinchi golida ham to‘pni Husanov yetkazib bergandi) Aynan xavbekning jarimadan yo‘llagan kuchli zarbasi “sariq-yashillar”ni amalda ruhan sindirdi. Ushbu goldan keyin “talabalar” erkin harakat qila boshlashdi va o‘yinni ishonchli g‘alabagacha olib borishdi.
Shohruhbek Abdurahmonov ham o‘z golini urdi. Faqat sheriklaridan farqli ravishda u to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Himoyachi Gegam Kadimyanning burchakdan uzatgan to‘pini boshi bilan qaytaraman deb uringandi. Umuman olganda Shohruhbek jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymadi va ishonchli harakat qildi.
Yana bir futbolchimiz – Abbosbek Jumaqulov – hamon “o‘yindan tashqarida”. “Isloch” bilan yarim himoyachi hech yo‘q zaxiraga kiritilgandi, “Neman” bilan bahsda esa u yana ro‘yxatdan tushib qoldi.
8 may kuni o‘tadigan yettinchi turda “Energetik-BGU” o‘z uyida “Shaxter”ni qabul qiladi. “Konchilar” qo‘shib berilgan daqiqalarda (penaltidan) gol urib, “Gomel” qarshiligini yengishni uddaladi. Bellashuv har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi.
Nozima Zaripova tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas