
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.
- O‘yin haqida
- Biz "Metallurg"ga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik va 100% tayyor edik. Qiyin bo‘lishini, "Metallurg" yaxshi himoyalinishini bilardik. Gol urish uchun oxirigacha kurashdik. Oxirgi 3 o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborayotgan edik. Futbol shunday o‘yinki, unda final hushtagi chalinguncha o‘ynash lozim.
- Legionerlaringiz, xususan, Komolafening o‘yinidan qoniqdingizmi?
- Ha, ular yaxshi o‘ynashdi. Komolafe tarkibimizga kechroq kelib qo‘shildi. U sekin-asta ko‘nikib bormoqda.
- Hujumchilaringizga gol urish uchun nima yetishmadi?
- O‘ylaymanki, omad yetishmadi. Komolafe o‘tgan gal gol urgandi, bugun o‘xshamadi. Biroq bu – futbol. To‘g‘ri tushunamiz.
- "Qizilqum" 1-taymda yaxshi o‘ynay olmadi, 2-taymda yaxshi harakat qildi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bugungi bahsga jiddiy hozirlik ko‘rgandik. Shunchaki raqib bizga imkoniyat qoldirmadi. Shundan kelib chiqib harakatlandik.
MetallurgQizilqumNikola LazarevichFutbol O‘yiniLegionerlarHujumchilarOmad Yetishmadi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar