14:43 / 07.05.2022
2 747

JCH-2022 ga chiqqan terma jamoa yo‘llanmadan mahrum bo‘lishi mumkin

JCH-2022 ga chiqqan terma jamoa yo‘llanmadan mahrum bo‘lishi mumkin
Chili futbol federatsiyasi FIFAdan Ekvador terma jamoasini JCH-2022dan chetlashtirishni talab qilmoqda, deb xabar bermoqda New York Times.

Manba bergan xabarga ko‘ra, chililiklar Ekvador terma jamoasi himoyachisi Bayron Kastilo aslida chililik ekanligini aniqlashgan. Bundan tashqari ushbu futbolchi yoshini 20 yoshdan 23 yoshga o‘zgartirgan. Shu munosabat bilan Chili Ekvadorga Kastil ishtirokidagi o‘yinlarda texnik mag‘lubiyat yozilishi kerak, deb hisoblamoqda. Shu bois chililiklar FIFAdan Ekvadorni jahon chempionati yo‘llanmasidan mahrum qilishni va ushbu yo‘llanmani o‘zlariga berishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, saralash turnirida Ekvador to‘rtinchi, Chili esa yettinchi o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022 ga chiqqan terma jamoa yo‘llanmadan mahrum bo‘lishi mumkin