Erik ten Hag Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»da qolishini istaydi. The Telegraph nashrining yozishicha, jamoaning yangi murabbiyi 37 yoshli hujumchini o‘z rejalariga kiritmoqda.
Ten Hag Ronalduni jamoada saqlab qolmaslikni noto‘g‘ri ish deb hisoblaydi va uni jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko‘rmoqda. Murabbiy jamoaga kelgach, Krishtianu bilan birinchilardan bo‘lib gaplashib oladi.
Ten Hag hozirda 37 yoshli Ronalduning jismoniy imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, futbolchidan qanday qilib maksimal foyda olish haqida o‘ylamoqda. Murabbiy Krishtianu atrofida jamoa qurishga qarshi emas. Bunday qarorning sabablaridan biri boshqa zonalarda ham rejalashtirilgan keng ko‘lamli qayta qurish ishlaridir. Ten Hagni Ronalduning qoniqarsiz o‘tayotgan mavsum davomida jamoani o‘z ortidan ergashtira olgani hayratda qoldirgan.
Krishtianu «Manchester Yunayted»ning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmasligiga tayyor va jamoani tark etishni istamayapti. Biroq uning pozitsiyasi o‘zgarsa, Ten Hag va klub rahbariyati hujumchiga qarshilik qilmasligi aytilmoqda.
Avvalroq portugaliyalik futbolchiga jamoada asosiy rol kafolatlangan taqdirdagina uning «Manchester Yunayted»da qolishi haqida xabar berilgandi. Ungacha esa agar Ten Hag jamoaga kelsa, Ronalduning xizmatlaridan voz kechishi mumkinligi aytilgandi.
Ronaldu 2021/22 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi