00:08 / 13.05.2022
4 975

Slavche Voyneski: "Futbol shunaqa, jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi"

Slavche Voyneski: "Futbol shunaqa, jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi"
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- O‘yinni yomon boshladik, birinchi bo‘limni yomon o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘lim yaxshi boshlandi, raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritdik. Biroq o‘yin yakuniga qadar mehmonlar ham darvozamizga ikkita gol urishdi. Raqibning har ikki goliga ham futbolchilarning alohida xatolari sabab bo‘ldi. Ba’zida futbolda shu kabi xolatlar ham bo‘lib turadi. Ishlashda davom etamiz, hozirda "Paxtakor"da yangi jamoa shakllantirilmoqda. Tarkibda mavjud bo‘lgan futbolchilar yoniga yangilarni qo‘shgan xolda yaxshi jamoa tuzish harakatidamiz.

- Futbolchilarda motivatsiya yetishmayotgandek ko‘rinmoqda. Bu borada siz qiyinchiliklarga duch kelayapsizmi?
- Birinchi o‘rinda OCHL o‘yinlaridan so‘ng hali ham soliq to‘lab yurgandek yuribman. Qisqa vaqt ichida kam sonli futbolchilardan foydalandik. Buning oqibatida jamoamizda charchoq ko‘zga tashlanmoqda. Hali futbolchilarda moslashish jarayoni yakuniga yetgani yo‘q. Bundan tashqari, siz haqsiz, "Paxtakor"da o‘ynash o‘ziga yarasha bosimni yuklaydi. Chunki "Paxtakor" doim yutishi shart, birinchi bo‘lishi shart. Aynan shu bosimga dosh berish ba’zi futbolchilarda yetishmayotgan bo‘lishi ham mumkin.

- Ayni damda klubdagi o‘zgarishlar va natijalar jamoa kayfiyatiga salbiy ta’sir etmayaptimi?
- Bu qarorlar klub rahbariyati tomonidan chiqarildi. Bu mening faoliyatimga qay darajada ta’sir etishini bilmayman, bu haqida ma’lumotga ega emasman. Futbolchilar haqida gaplashadigan bo‘lsak, ehtimol balki ta’sir qilishi mumkin. Biz kecha futbolchilar bilan gaplashdik. Ularning barchasi professional va bu kabi xolatlar muammo bo‘lishi kerak emas. Futbolda hamisha bir jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi.

- Futbolda xato evaziga gol uriladi. Lekin bugun jamoada g‘alabaga nisbatan ishtiyoq ko‘rinmagandek tuyuldi. Bunga qanday izoh berasiz?
- Men sizni tushundim. "Paxtakor" o‘ynashni istadi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, biz xatolar bo‘lishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymadik. Yetakchi futbolchilarimiz turli sabablarga ko‘ra maydonga tusha olishmayapti. Masalan Dragan Cheran safga qaytsa hujumdagi faolligimiz yanada ortadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Slavche Voyneski: "Futbol shunaqa, jamoaga kimdir keladi, kimdir ketadi"