Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida
- Men o‘z yigitlarimdan faxrlanaman. Ammo hisob meni qoniqtirgani yo‘q. Sababi, biz "Paxtakor"dan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik. Ayniqsa birinchi taymda biz juda yaxshi harakat qildik, ko‘proq vaziyatlar yaratdik. Keyin esa o‘yin natijasiga ta’sir qilgan hodisa ro‘y berdi. Bizga yaqqol penaltini berishmadi. Bilmadim, bu yerda VAR qanday ishlaydi. Ular vaziyatni tekshirishdi va yaqqol penaltini yo‘qqa chiqarishdi. Shunday bo‘lsa ham kurashishda davom etdik va "Paxtakor"ga qarshi durang qayd eta oldik. Ammo men natijadan xursand emasman. Sababi, biz g‘alabaga loyiq edik.
- Ikkinchi bo‘limni "Surxon" futbolchilari biroz xotirjam boshlashdi va passiv o‘yin ko‘rsatishdi. Bunga sabab nima?
- Albatta, "Paxtakor" o‘yinchilarining saviyasi juda yuqori. Biz o‘yindan avval "Paxtakor"ning o‘yin uslubini juda sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan edik. Ikkinchi bo‘lim boshida ular haqiqatdan ham juda kuchli bosim uyushtirishdi. Ammo biz keyinchalik o‘yindagi ustunlikni tenglashtirib, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni boshladik.
- "Surxon"ning bugungi o‘yiniga o‘n ballik shkalada necha baho qo‘ygan bo‘lardingiz?
- O‘n baho qo‘ygan bo‘lardim.
- Hakamgachi?
- Bu savolga javob bermaslikni afzal ko‘raman. Men istaydigan yagona narsa bu adolat va halol hakamlik. Men o‘z jamoam foydasiga nohaq penalti berilishini ham xohlamayman. Bu mening qadriyatlarimga to‘g‘ri kelmaydi. Men shunchaki halol futbol bo‘lishini istayman. "Surxon" Termiz jamoasi. Bizda juda ko‘p muxlislar bor. Agarda hakamlar biz kabi jamoalarga adolat qilmaydigan bo‘lsa, o‘zbek futboli o‘ladi. Bu esa juda va juda yomon. Men chet ellik inson sifatida sizning mamlakatingizni va barcha qadriyatlaringizni hurmat qilaman.
- Kezadani birinchi bo‘limda maydonga tushirmadingiz. Bu birinchi bo‘limda hisobni saqlab, ikkinchi bo‘limda g‘alaba qozonishni o‘ylab qilingan harakatmidi?
- Kezada to‘liq tiklanishga ulgurmagandi. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda u zarba qabul qilib olgandi. Shu sababli, u biz bilan har kuni mashq qila olmayotgandi. Ammo biz futbolchilarni legioner yoki mahalliy deb ajratmaymiz. Ularning barchasi "Surxon" o‘yinchilari. Bu bizning mentalitet. "Surxon" bir butun oila.
- Birinchi bo‘limdagi "Paxtakor"ni ko‘rib, biroz yanglishganingizni sezdingizmi? Ya’ni, ularda vajohat, ishtiyoq ko‘rinmadi. Ular kiritgan birinchi gol ham xato natijasida kiritildi. Biros agressiv harakat qilganingizda g‘alaba qozonishingiz ham mumkin edi...
- Biz "Paxtakor" o‘yinini juda chuqur tahlil qilib chiqqan edik. Ayniqsa Hamrobekov va Sobirxo‘jayevni. Sababi, ular jamoaning miyyasi hisoblanishadi. Aynan ular "Paxtakor"ning o‘yinini boshqarishadi. Birinchi taymda aynan ularga e’tibor qaratdik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng esa men boshqa hujumchilarni maydonga tushirdim. Shu sabab ham, yakunda durang qayd etdik.
- Ammo bu o‘yinchilar birinchi bo‘limda piyoda yurishdi...
- Men raqib jamoa futbolchilari haqida gapirishni istamayman. Ularni hurmat qilishim lozim.
- Fikringizcha, Voyneski Alijonov va Sobirxo‘jayevni zaxiraga olib sizga yordamlashib yubordimi?
- "Paxtakor"ning uch o‘yinchisi Alijonov, Sobirxo‘jayev va Aliboyev o‘rtasida ajoyib bog‘lamlar bor. Ular bir-birlarini juda yaxshi tushunishadi. Men uchun "Paxtakor"ning eng kuchli nuqtasi bu yarim himoya. Ular ko‘proq markaz orqali o‘ynashdi. Bu orqali darvozamiz yonida juda xavfli vaziyatlar yaratildi. Voyneski qilgan o‘zgarishlar haqida men shunchaki o‘z fikrimni aytishim mumkin. "Paxtakor" murabbiyi menimcha markazda nimanidir yangilamoqchi bo‘ldi. Biz esa bunga ham tayyor edik. Bugun Nuriddin Xasanov "yolg‘on to‘qqizlik" pozitsiyasida harakat qildi. Juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Sababi, bu o‘yinga juda ko‘p tayyorgarlik olib borgandik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi