
Superliga 8-turida "Surxon" Toshkentda "Paxtakor" bilan kuch sinashdi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng termizliklar legioneri Luis Migel Kezada "Surxon" klubi matbuot xizmatiga kichik intervyu berdi.
- Qiyin o‘yin o‘tkazdik. "Paxtakor" O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Toshkentda ulardan ochko olish oson emas. Lekin biz buni uddaladik va bir ochko qo‘lga kiritdik. Birinchi bo‘limda konsentratsiyani yo‘qotmasligimiz kerak edi. Ikkinchi taymda oxirigacha kurashdik.
Raqib o‘yinni yaxshi tashkil qiladi. Tarkibida vaziyatlarni hal qilib ketadigan futbolchilar bor. Jarohatdan tiklanish jarayoni ketmoqda. O‘ylaymanki, bir haftalarda to‘liq sport formamga kirib olaman, - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
SuperligaSurxonPaxtakorLuis MigelToshkentdaO‘zbekistonning eng yaxshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar