13:34 / 14.05.2022
1 089

UYEFA prezidenti: «Chempionlar Ligasining yangi formati — Superliga tobutiga urilgan so‘nggi mixdir»

UYEFA prezidenti: «Chempionlar Ligasining yangi formati — Superliga tobutiga urilgan so‘nggi mixdir»
UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Chempionlar Ligasining yangi formati haqida gapirdi.

- "Yevropa Superligasi aqldan ozgan g‘oya. Uning ishga tushirilishi sportning Yevropa modelini tugashi, futbolning butunlay yo‘q qilinishi bo‘lardi.

Yangi Chempionlar Ligasi formati — Superliga tobutiga urilgan so‘nggi mix hisoblanadi. U ancha oldin halok bo‘lgandi, endi uni butunlay tugatishimiz lozim. Kamida 20 yilga.

Katta klublar o‘zlariga o‘xshagan jamoalar bilan ko‘proq o‘yin o‘tkazadi, lekin kichik jamoalar bilan ham to‘qnash keladi. Ular o‘z navbatida xuddi o‘zidek klublar bilan o‘ynaydi va pley-offga chiqish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi
", - dedi UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

Avvalroq, UYEFA Yevrokuboklar yangi formatga o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi jamoalar soni 32 tadan 36 taga oshiriladi. Qo‘shimcha to‘rt yo‘llanmadan biri Yevropaning eng kuchli 5-chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga tegadi. Yana biri chempionlar yo‘li saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan klubga nasib etadi. Qolgan ikkitasi esa o‘tgan mavsum Yevrokubklarda eng yaxshi natija qayd etgan liga jamoalariga beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA prezidenti: «Chempionlar Ligasining yangi formati — Superliga tobutiga urilgan so‘nggi mixdir»