963
Nikola Lazarevich: "Paxtakor" yoki "Nasaf" deysizmi? Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo‘ladi"
Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (5:0) uchrashuvidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. "Nasaf" kuchli jamoa, yaxshi shakllangan. Bugun ular o‘yin davomida ko‘proq ustunlikka ega bo‘lishdi. Bu jamoa o‘tgan mavsumda OFK kubogi finalida o‘ynagan, bu mavsumda OCHLda ishtirok etayapti. Ularga navbatdagi bosqichlarda omad tilayman. Ochig‘ini aytganda, "Navbahor" va "Nasaf" bilan o‘yinlarda biz juda kuchsiz ko‘rindik. Boshqa o‘yinlarda bunday xolat kuzatilmagandi.
Klubimiz rahbariyatida juda yaxshi insonlar faoliyat olib borishadi. Rahbariyat bizga yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladigan jamoa shakllantirish vazifasini qo‘ygan. Mening jamoadagi o‘rnim ham shunga bog‘liq.
- Sizningcha, joriy mavsumda "Paxtakor" chempion bo‘ladimi yoki "Nasaf"mi?
- "Paxtakor" yoki "Nasaf" deysizmi? Mavsum yakunida "Qizilqum" chempion bo‘ladi (kuladi). Ha, to‘g‘risini aytganda "Paxtakor" va "Nasaf" juda kuchli jamoalar. Ularda poydevor bor, akademiyalari juda yaxshi shakllangan.
Bilasizmi, bugun bizda ayrim tajribali futbolchilar ham yosh bolalarcha xatoliklarga yo‘l qo‘yishdi. Standart vaziyatlarda ham yaxshi ishlay olmadik.
- Ignatiy Nesterov nega bugun maydonga tushirilmadi?
- Bizda yo‘qotishlar bor. Nesterovda bir oz shamollash kuzatildi. Shu sababdan uni maydonga tushira olmadik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi