Konferensiyalar ligasi xalqaro turniri tashkilotchisi – UYEFA musobaqaga doir turli qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishda davom etmoqda.
Xalqaro tashkilotning navbatdagi ma’lumoti o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun juda yoqimli bo‘ldi.
Tarqatilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, UYEFA Konferensiyalar ligasida o‘ynagan eng tezkor futbolchilar reytingini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov eng katta tezlikni namoyish qilgan.
Hamyurtimiz soatiga 33,6 kilometr tezlikda yugurgani qayd etilgan. Eldor bu reytingda “Roma”ning finaldagi raqibi - “Feyenoord”ning uch o‘yinchisi – turnir to‘purari Siril Dessers, kolumbiyalik legioner Duis Sinisterra va Tayrell Malasiani ortda qoldirdi.
Konferensiyalar ligasining eng tezkor futbolchilari reytingi bilan tanishing:
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ilk marotaba tashkil etilgan va “Roma”ning tarixiy g‘alabasi bilan yakunlangan UYEFA Konferensiyalar ligasi doirasida jami o‘n bitta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikki marotaba golli pas uzatdi.
Konferensiyalar ligasi kubogi Shomurodovning professional futbolchilik faoliyatidagi ilk sovrini bo‘ldi.
Bizga Mourinodek murabbiy kerak edi
“Roma”ning Konferensiyalar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Brayan Kristante o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Bosh murabbiyimiz bizga zaruriy tajribani berdi. Bizga aynan Joze Mourinodek ustoz kerak edi. Bu mutaxassis murakkab paytlarda nima qilish kerakligini va Yevropada qanday g‘alaba qozonish mumkinligini o‘rgatdi.
Tabiiyki, finalda ko‘p narsa o‘yinchilarga bog‘liq bo‘ladi va bundan uchrashuvlarda to‘qnash kelgan jamoalarning imkoniyati teng bo‘ladi. Shuning uchun ham hal qiluvchi bahsda mayda narsalar ham muhim hisoblanadi.
Mavsum juda murakkab va kurashlarga boy bo‘ldi, ortimizda ko‘plab qiyin o‘yinlar qoldi. Ahamiyatlisi shundaki, biz juda qiyin vaziyatlar ham jamoaviy birlik va ishtiyoqni yo‘qotmadik. Maqsadimizga erishish uchun ko‘p mehnat qildik, - dedi 27 yoshli Brayan Kristante.
Mourino qo‘l ostida bu futbolchi “Roma”ning asosiy figuralaridan biriga aylandi. Brayan jami 50 ta uchrashuvda qatnashib, maydon markazida barqaror o‘yin namoyish etdi. Bu bahslarda raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas oshirishni uddaladi.
Mourino yangi o‘yinchilarni kutyapti
“Roma” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan. Yakunlangan mavsumda Joze Mourinoning maydon markazidagi o‘yinchilarga e’tirozi juda ko‘p bo‘ldi.
Shu bois, klub sport direktori Tyagu Pinto yozda aynan yarim himoyaga yangi o‘yinchi olishga katta e’tibor qaratmoqda.
Italiya matbuotining yozishicha, Rim klubi ayni paytda bir necha yarim himoyachini olish bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mourino o‘ziga taklif qilingan nomzodlar orasida “Sassuolo” vakili Maksim Lopes, “Arsenal” yulduzi Granit Jaka, “Aston Villa” yetakchisi Duglas Luisdan birini birinchilardan bo‘lib olib kelishni ma’qullagan.
Bu o‘yinchilarni olish uchun Rim klubi ma’lum miqdorda xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Kelasi mavsum Yevropa ligasida qatnashish va A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun “Roma” har bir chiziqqa yuqori malakali o‘yinchilarni olib kelmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi