Balerus chempionatida “Energetik-BGU” navbatdagi g‘alabasini nishonladi. Minsklik talabalar o‘ninchi tur uchrashuvida “Slaviya” futbolchilarini qabul qilib, yirik hisobda zafar quchdi. Oldinga o‘tib aytish joizki, “Energetik-BGU”ning bu g‘alabasida o‘zbek legionerlarining hissasi juda katta bo‘ldi.
O‘z maydonida to‘p tepgan “talabalar” butun o‘yin davomida hujumkor futbol namoyish qildi. Birinchi bo‘limda mezbonlar sardori Aleksandr Svirepa ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi. Svirepaning ikkinchi goliga jarima maydonchasida juda aniq o‘ynagan Bobur Abduxoliqov assistentlik qildi.
O‘yinning ikkinchi yarmi to‘laligicha o‘zbekistonlik futbolchilarga bag‘ishlandi. Iste’dodli yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmonov bir necha raqib himoyachilarini ortda qoldirib, “Slaviya” darvozasiga jamoasining uchinchi to‘pini joyladi. Bu ilk bor legioner maqomida to‘p surayotgan 23 yoshli yarim himoyachimizning birinchi goli sifatida qayd etildi.
Shohruhbek hisobida Belarus chempionatida ikkita assist ham bor.
Keyin katta sahnaga Belarus oliy ligasida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan Bobur Aduxoliqov chiqdi. Qashqadaryo tarbiyalanuvchisi raqib maydonchasida chaqqonlik qilib, jamoasining to‘rtinchi goliga muallif bo‘ldi.
E’tiborli jihati shundaki, Bobur 11-golini kiritdi va to‘purarlar poygasidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi. To‘purarlar raqobatida Boburning eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan Aleksandr Svirepa (“Energetik-BGU”), o‘tgan yilgi snayper Dembo Darbo (“Shaxter-Soligorsk”, ) Vladimir Xvashinskiy (“Minsk”) va Aleksandr Makas (“Gomel”) hisobida beshtadan aniq zarba bor.
Bundan tashqari, Abduxoliqov chempionat o‘yinlaridagi assistlari sonini to‘rttaga yetkazib oldi. Legionerimiz ushbu bahsdan so‘ng gol+pas tizimi bo‘yicha jami 15 ochko jamg‘arib, chempionatning eng samarali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Belarus chempionati boshlanganidan beri Bobur Abduxoliqov, Shohruhbek Abdurahmonov, Abdulqodir Husanov barcha uchrashuvlarda faol ishtirok etib, jamoasining g‘alabalariga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bo‘lsa, “Energetik-BGU”dagi yana bir legionerimiz 22 yoshli Abbosbek Jumaqulov o‘rinbosarlar safida o‘ynab kelayotgan edi.
Nihoyat, “Slaviya”ga qarshi uchrashuvda Abbosbek ham asosiy jamoadagi debyutini nishonladi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan futbolchimiz faol harakatlari bilan ajralib turdi. Bahsning 83-daqiqasida Abbosbek raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va himoyachi uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi.
Hakam tomonidan belgilangan penaltini Abdulqodir Husanov aniq bajarib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi – 5:0.
Energetik-BGU – Slaviya 5:0
Gollar: 1:0 – 13 Svirepa, 2:0 – 35 Svirepa, 3:0 – 62 Abdurahmonov, 4:0 – 69 Abdixoliqov, 5:0 – 84, penalti Husanov.
Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa (Omelyanchuk, 85), Makavchik, Lavrik, Silinskiy (Pashevich, 23; Burko, 73), Abdurahmonov, Rilach, Husanov, Abdixoliqov (Grishenko, 73), Papariga (Jumaqulov, 82).
Slaviya – Shestilovskiy, Timonyuk, Ignatenko, Sokol, Kobes (Rutskiy, 51), Loves, Potorocha (Poloz, 70), Dros (Opamoye, 67), Alshanik (Yesin, 40), Jerdev (Barsukov, 38), Ovono.
Ogohlantirishlar: Shestilovskiy (24), Lukashevich (56), Barsukov (90).
Chetlatish: Yesin (47).
Bu 18 yoshli Abdulqodirning chempionatdagi ikkinchi goli bo‘ldi. Uning hisobida ikkita assist ham bor.
Shu tariqa, to‘rt nafar legionerimiz o‘ynagan uchrashuvda muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi. Bu muvaffaqiyatdan keyin “Energetik-BGU” 22 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va peshqadam BATEni ta’qib etmoqda.
Belarusdagi yana bir legionerimiz – Shahboz Umarovni o‘ynatmayotgan BATE musobaqa peshqadami hisoblanadi. Borisovliklar boshqalardan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 23 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi