1 iyundan yurtimizda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Bugun musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze va futbolchi Jasur Jaloliddinov ishtirok etdi.
Timur Kapadze: - Yurtimizda bunday musobaqa o‘tkazilayotganidan xursandmiz. Turnirga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymanki, chempionat yaxshi darajada o‘tadi. Mehmonlarga ham omad tilayman.
Jasur Jaloliddinov: - Murabbiyimiz aytib o‘tganidek, bu turnir O‘zbekistonda bo‘layotganidan xurasandmiz. Bu musobaqani anchadan beri kutamiz. Chempionatga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.
- Tarkibga chaqirilgan futbolchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etilgan. Bu sizga noqulaylik tug‘dirmaydimi?
- Bir tarafdan xursandmiz bu yoshdagi futbolchilar termaga chaqirilganidan. Ammo bu tomondan muammo yo‘q.
- 2018 yildagi jamoani bilamiz. Shundan keyingi jamoani qanday ko‘ryapsiz?
- Albatta, biz uyda o‘ynaymiz. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Shuning uchun muammo bo‘lmaydi, deb o‘ylaymiz. Har bir musobaqada o‘ziga yarasha mas’uliyat bo‘ladi.
- Turkmaniston va guruhdagi boshqa raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Ertaga qiziq o‘yin bo‘ladi. Musobaqada oson raqib bo‘lmaydi. Kuchlilar keladi turnirga. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Ertangi bahsga tayyormiz. Rejalarimiz bor. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi kechadi.
- Terma jamoaning asosiy maqsadi nima?
- Albatta, har bir jamoaning maqsadi turnirda g‘alaba qozonish. Birinchi navbatda guruhdan chiqish lozim. Shuning uchun intilishimiz lozim.
- Terma jamoani tayyorlashda nimalardan ko‘ngil to‘lmadi? Qaysidir futbolchilarni tarkibga jalb qilishda muammolar kuzatilmadimi?
- Menimcha, yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Vaqt kamligi biroz pand bermoqda. Lekin umuman olganda, kerakli futbolchilarni tarkibga jalb qilganmiz.
- Kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldingiz. Bu musobaqaga qay holatda yetib keldingiz?
Jasur Jaloliddinov: - Bu jamoaga birinchi borganimda kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim. Lekin murabbiyga men Osiyo chempionatida qatnashmoqchi ekanligimni aytdim. Shunda u menga ko‘proq imkoniyat berdi. Terma jamoamizga 22 may kuni kelib qo‘shildim. O‘ylaymanki, hammasi joyida. Hozir qanday holatda ekanligimni o‘ylaydigan vaqt emas. Bor kuchim bilan harakat qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi